14:40 / 03.05.2015
1930

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegara hududida 40dan ortiq jangari yo‘q qilindi

pakistan_militants_020515 Kun.uz: Pokiston harbiy havo kuchlari 2 may kuni Afg‘oniston bilan chegara hududida 44 nafar jangarini yo‘q qilgan. Bu haqda Express Tribune gazetasiga asoslangan holda TASS xabar bergan.

Havo zarbalari terroristlar joylashgan Shimoliy Vaziriston va Xayber hududlariga yo‘llangan. Afg‘oniston chegarasida 15 iyunda pokistonlik toliblarga qarshi “Zarb-e-Azb” nomli harbiy operatsiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Harbiylar o‘z faoliyatini Peshavordagi maktabga qilingan hujumdan so‘ng faollashtirgan. Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning 14 dekabrida amalga oshirilgan o‘sha hujum oqibatida 150 kishi halok bo‘lgan, ulardan 134 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan maktab bolalari edi. xab-2
Top