15:25 / 03.05.2015
1955

Putin Xitoyga “sharqiy” yo‘nalish bo‘yicha gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

2014-09-15_30_pu6 Kun.uz: Rossiya prezidenti Vladimir Putin sharqiy yo‘nalish bo‘yicha Xitoyga gaz yetkazib berish borasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda qonunlar haqidagi axborotlar sayti xabar bermoqda. Qonun Davlat dumasi tomonidan 24 aprelda qabul qilingan va Federatsiya Kengash tomonidan 29 aprelda tasdiqlangan. RF va Xitoy o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuv 2014 yilning oktabrida Moskvada imzolangan edi. Sharqiy yo‘nalish bo‘yicha gaz yetkazib berish 2019 yildan 5 mlrd kub metr miqdorida boshlanadi va 2024 yilga borib uning ko‘lami 38 mlrd kub metrgacha yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuning uchun, ushbu tabiiy gaz Yoqutiston va Irkutsk viloyatlaridagi yangi Chayandinsk va Koviktinsk manbalari bazasida yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Kelishuv yaqin 40 yilga mo‘ljallangan. 2014 yilning 21 mayida “Gazprom” va Xitoyning CNPC kompaniyalari mazkur yo‘nalish bo‘yicha yiliga 38 mlrd kub metr gaz yetkazib berishga kelishgan. xab-2
Top