14:27 / 03.05.2015
2067

Sebzorda qurilayotgan ko‘prik bayker va rollerlar uchun mos joy bo‘lishi taxmin qilinmoqda

11146649_10205466818283235_2963633286659145127_n-840x420 Kun.uz: Toshkentning Shayhontohur va Yunusobod tumanlarini bog‘lovchi ko‘prik qurilish ishlari yakunlanish arafasida turibdi. Biroz oldinroq, Sebzor ko‘prigi 9 may kuni, ochilishi haqida xabar qilingandi. Feysbuk tarmog‘idagi "Potrebiteli" guruhida poytaxt aholisi vakillari shu ko‘prik haqidagi mulohazalarini bildirishdi. "Bu joy odamlarning istirohat olishi uchun ajoyib joy bo‘ladi. Bunday keng ko‘prik ustida kechki sayrga chiqish, hatto tennis va futbol o‘ynash ham mumkin. Shuningdek, bu ko‘prik bayker va rollerlar uchun ko‘ngildagidek joy bo‘ladi", deb yozadi bu ko‘prik bo‘ylab ilk sayohatini amalga oshirib bo‘lgan internet foydalanuvchilaridan biri. xab-2
Top