«Sevilya» va «Real» o‘yinida Xames Kasilyasga Bakka 11 metrlik jarima belgisidan to‘pni qayerga yo‘naltirishini ko‘rsatdi
Kun.uz: Madridning “Real” klubi yarimhimoyachi Xames Rodriges Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Sevilya”ga qarshi mehmonda o‘tkazilgan uchrashuvda (3:2) o‘z klubi darvozaboni Iker Kasilyasni mezbonlar hujumchisi Karlos Bakka 11 metrlik jarima belgisidan to‘pni qayerga yo‘naltirishidan ogohlantirdi va unga yordam bermoqchi bo‘ldi.
Biroq darvozabon o‘z jamoadoshining ko‘rsatmasiga amal qilmasdan boshqa burchakka sakrab, jamoani goldan saqlab qola olmadi.
Qayd etish joizki, Xames va Bakka Kolumbiya terma jamoasi a'zolari hisoblanishadi.