15:16 / 03.05.2015
2769

Shahrisabzda Temuriylar davriga oid tarixiy inshoot qoldiqlari topildi

big_foto_2 Kun.uz: Shahrisabzdagi Tagichinor va Guliston mahallalari hududidan Temuriylar davriga mansub sangtaroshlik namunalari hamda qurilish ashyolari topildi. Ulardan biri hozirgacha yaxshi saqlangan qabrtoshdir. Undagi bitiklar o‘rganilganda, u Umar Shayx Mirzoning o‘g‘li Sayyid Ahmad Mirzoga tegishli ekanligi ma'lum bo‘ldi. "Keyingi yillarda Shahrisabz shahrining Temuriylar hukmronligi yillaridagi tarixiy topografiyasini aniqlash, o‘z davrida shahar o‘tmishida alohida ahamiyat kasb etgan shaxslar faoliyatini o‘rganish maqsadida qator arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu hududda X-XIV asrlarda masjid bo‘lgan. Ayni paytda tarixiy ashyolarni tadqiq etish orqali qimmatli ma'lumotlarni qo‘lga kiritayapmiz", - deydi Qashqadaryo viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi direktori Bahodir Mamadiyev. Ma'lumot uchun, 1996 yilda arxeologik qazishmalar jarayonida aynan shu yerda X-XIV asrlarga oid pishgan g‘ishtlardan terilgan yo‘lak va kulollik buyumlari topilgan edi. xab-2
Top