22:11 / 03.05.2015
2250

Toshkentning Muqimiy ko‘chasiga Siemens svetoforlari o‘rnatildi

Kun.uz: 2014 yil kuzidan buyon Toshkentda tashqi kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari olib borilyapti. Bu kameralardan shahardagi avtomobil va piyodalar oqimini boshqarish, qoidabuzarliklarning oldini olish, qoidabuzarlarni esa jazolashda foydalaniladi.

O‘rnatilayotgan kameralar ana shunday ayanchli holatlarning oldini olib, yo‘l harakati ishtirokchilari sog‘lig‘i va mulkini saqlab qolishga, davlat byudjyetini to‘ldirishga yordam beradi.

Toshkentning Muqimiy va Akramxo‘jayev ko‘chalari chorrahasida tashqi kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetay deb qoldi. «Daryo» muxbiri tomonidan tayyorlangan fotoreportajni e'tiboringizga havola etamiz.

[caption id="attachment_90263" align="aligncenter" width="680"]Chorrahaning har bir qismiga uchtadan svetofor o‘rnatildi. Ko‘rmaslikning iloji yo‘q! Foto: «Daryo» Chorrahaning har bir qismiga uchtadan svetofor o‘rnatildi. Ko‘rmaslikning iloji yo‘q! Foto: «Daryo»[/caption] [caption id="attachment_90264" align="aligncenter" width="450"]Avtomobillar uchun mo‘ljallangan svetoforlarga qo‘shimcha tarza piyodalar svetoforlari ham yangilariga almashtirildi. Foto: «Daryo» Avtomobillar uchun mo‘ljallangan svetoforlarga qo‘shimcha tarza piyodalar svetoforlari ham yangilariga almashtirildi. Foto: «Daryo»[/caption] [caption id="attachment_90266" align="aligncenter" width="680"]Chorrahadagi tizimni boshqarish uchun Vlatacom elektr shkaflari o‘rnatildi. Foto: «Daryo» Chorrahadagi tizimni boshqarish uchun Vlatacom elektr shkaflari o‘rnatildi. Foto: «Daryo»[/caption] [caption id="attachment_90265" align="aligncenter" width="450"]Xavf haqida ogohlantirish uchun tezkor aloqa tugmasi o‘rnatildi. Foto: «Daryo» Xavf haqida ogohlantirish uchun tezkor aloqa tugmasi o‘rnatildi. Foto: «Daryo»[/caption]

Ta'kidlash joiz, Muqimiy va Akramxo‘jayev ko‘chalari chorrahasida atrof-muhitni kuzatishga mo‘ljallangan kameralar svetoforlar yonidagi simyog‘ochlarga o‘rnatilgan, ammo svetoforlar joylashgan kronshteynlarga avtomobillar tomon yo‘naltirilgan kameralar o‘rnatilmagan.

Top