09:48 / 04.05.2015
1904

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Kiyevga parvozlarni bekor qildi

[caption id="attachment_23953" align="aligncenter" width="620"]"O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotlari © navjot-singh.com "O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotlari © navjot-singh.com[/caption] O‘zbekiston va Ukraina davlatlari o‘rtasidagi aviatsiya shartnomasi bekor qilinganligi sababli “O‘zbekiston Havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi HY 741/742 “Toshkent – Kiyev – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 5 maydan vaqtinchalik to‘xtatadi. Aviakompaniya bu yo‘nalish bo‘yicha sotib olingan chiptalarni hech qanday jarimasiz qaytarib beradi. Ushbu masala bo‘yicha yo‘lovchilar “O‘zbekiston Havo yo‘llari”ning bosh agentligi yoki Kiyevdagi “O‘zbekiston Havo yo‘llari”ning vakolatxonasining quyidagi telefon raqamlariga murojat qilishlari mumkin: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 51. Tel.: +99871-140-48-13; Kiyev, Shota Rustaveli ko‘chasi 4, idora 5. Tel.: +38-044-279-21-78, +38-050-311-24-49 “O‘zbekiston Havo Yo‘llari yo‘lovchilardan bunday noqulaylik uchun o‘z uzirini so‘raydi”, - deyiladi aviakompaniya bayonotida. xab-1
Top