15:05 / 04.05.2015
1644

“Yuventus” van Persi, Kavani va Dibalaga qiziqish bildirmoqda

robinvanpersie Kun.uz: “Yuventus” jamoasining yozgi transfer mavsumidagi asosiy nishonlari kimlar bo‘lishi ma'lum qilindi. La Gazzetta dello Sport gazetasida yozilishicha, Italiya chempionining qiziqishlari ro‘yxatiga uch nafar hujumchi kiritilgan – Robin van Persi (“Manchester Yunayted”), Edinson Kavani (“PSJ”) va Paulo Dibala (“Palermo”). Bundan tashqari, klub mutasaddilari yozda to‘rt nafar yarim himoyachilarni sotib olishga harakat qiladi, bular: Aksel Vittsel (“Zenit”), Kevin de Bryuyne (“Volfsburg”), Ramires (“Chelsi”) va Franko Vaskes (“Palermo”). Qayd qilinishicha, “Yuventus” Pol Pogbaning sotilishidan keladigan mablag‘ni yangi o‘yinchilar sotib olishga yo‘naltirmoqchi.
Top