07:41 / 04.05.2015
1823

Air Arabia samolyoti terakt xavfi ostida BAAga qo‘nishga majbur bo‘ldi

ui-5546d74585fbb5.57048259 Kun.uz: Air Arabia aviakompaniyasiga tegishli samolyot Birlashgan Arab Amirliklari hududidagi "Minhad" bazasiga majburiy va shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda. Bunga yo‘lovchilardan biri samolyot bortida bomba borligi haqida aytgani sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda yo‘lovchilar xavfsiz joyga olib borilgan. Samolyot esa tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

uy

Top