23:00 / 04.05.2015
2250

AQSh boshchiligidagi koalitsiya yanglishib iroqlik ko‘ngilli askarlarga aviazarba berdi

Kun.uz: AQSh boshchiligidagi koalitsiya qiruvchi samolyotlari Bog‘dod yaqinidagi iroqlik ko‘ngilli askarlar pozitsiyalariga yanglishib zarba berdi. Bu haqda Eronning Fars agentligi xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, koalitsiya hukumat kuchlari tomonida jang qilayotgan ko‘ngillilarga birinchi marta aviazarba berishi emas.

29 martda koalitsiya qiruvchi samolyotlari Iroqning shimolida joylashgan Tikrit shahri hududida IShID jangarilari bilan jang qilayotgan iroqlik ko‘ngillilarning pozitsiyalariga yanglishib 8 ta zarba bergan. Oqibatda bir necha ko‘ngilli askar jarohat olgan edi.

Top