07:13 / 04.05.2015
1795

Baltimor meri komendantlik soatini bekor qildi

pic_3612c16976d09c46301a75edc8511dfc Kun.uz: Baltimor meri tartibsizliklarni bartaraf etish uchun avvalroq kiritilgan komendantlik soatining amal qilishini bekor qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. “Mening maqsadim komendantlik soatini keragidan ortiqcha bir soat ham cho‘zmaslik bo‘lgan. Men biz bugun bunga erishdik deb ishonaman”, deb aytdi mer Stefani Roulings-Bleyk. Merning xabar berishicha, shahardagi Milliy gvardiya kuchlari keyingi haftada shahardan olib chiqib ketiladi. 625 ming aholiga ega shahardagi tartibsizliklar politsiya tomonidan hibsga olingan qora tanli fuqaro o‘limidan keyin boshlangan. Avvalroq Baltimor huquq-tartibot muassasalari xodimlari komendantlik soatiga amal qilinmaslikning oldini olishlarini va qoidabuzarlarni hibsga olayotganlarini ma'lum qilgandi. 1430213105-3314 xab-4
Top