17:14 / 04.05.2015
1712

YeXHT o‘zbekistonlik militsionerlar uchun odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha seminar o‘tkazdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi militsiya xodimlari uchun odam savdosiga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Seminarda O‘zbekistonning aeroport va temiryo‘l vokzallarida faoliyat olib boruvchi 25 nafar militsiya xodimi ishtirok etgan bo‘lib, mashg‘ulotlarni Britaniyadan kelgan ekspertlar olib borgan. Ekspertlar surishtuv olib borishning maxsus uslublari, xususan, odam savdosining ehtimoliy qurboni bilan skrining-intervyu olib borish, shuningdek, dalillarni to‘plash borasidagi amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashishgan. YeXHT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar erkaklar mehnati asosan Qozog‘iston va Rossiyada ekspluatatsiya qilinmoqda, o‘zbekistonlik ayollar esa BAA, Turkiya, Isroil, Janubiy Koreya, Tailand, Gretsiya, Malayziya va Hindistonda jinsiy qulga aylantirilmoqda.
Top