16:45 / 04.05.2015
1793

Ikki kun ichida O‘rta Yer dengizida 6.8 ming muhojir qutqarib qolindi

115468

Kun.uz: Reuters agentligining ma'lumot berishicha, Italiya kemalari tomonidan O‘rta Yer dengizida o‘tkazligan amaliyotlar chog‘ida ikki kun ichida Shimoliy Afrikadan yo‘lga chiqqan 6.8 ming muhojir qutqarib qolingan. Kecha qutqarilganlar soni 4 ming kishini tashkil etgani aytilgan edi. Bugun bu son ikki barobarga ko‘paydi. Qayd qilinishicha, Italiya qirg‘oq qorovul xizmati kemalaridan birining bortida muhojir ayolning ko‘zi yorigan. Onaning ham, farzandning ham sog‘lig‘i yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Top