15:28 / 04.05.2015
2101

IShID xakerlari Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi saytini egallab oldi

21840

Kun.uz: IShID guruhi xakerlari Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi saytiga virtual hujum uyushtirgani ma'lum bo‘ldi. tengrinews.kz resursida ma'lum qilinishicha, xakerlar saytning bosh sahifasiga YouTube servisiga yuklangan diniy mazmundagi videolavhani joylashtirgan. Bundan tashqari, videoning ostiga IShIDni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan chaqiriq joylashtirilgan. Jumladan, “barcha musulmonlar” AQSh, Isroil va arab davlatlariga qarshilik ko‘rsatishga chorlangan. Vazirlik matbuot kotibining ma'lum qilishicha, texnik xodimlar saytni tiklash qayta ishlarini boshlashgan.

Top