21:07 / 04.05.2015
1728

Isroil Tashqi ishlar vaziri iste'foga chiqmoqda

56840

Kun.uz: Isroil Tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman o‘z lavozimida qolmasligini ma'lum qildi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.

Libermanning aytishicha, uning “Isroil bizning uy” partiyasi koalitsion kelishuvlarda o‘zi talab qilgan bandlardan birortasini ham ko‘rmagan.

“Hukumatning kelajagi milliy manfaatlar yo‘lida emas, balki opportunistlarga xizmat qiladi”, deb aytdi Liberman.

Avvalroq, Liberman partiyasining saylovoldi roligida rossiyalik qo‘shiqchi Andrey Makarevich suratga tushgani ma'lum qilingandi.

uy

Top