09:59 / 04.05.2015
1797

Kosta-Rika qirg‘oqlarida ammiak selitrasi olib ketayotgan kema cho‘kib ketdi

_82746693_costaricapuntarenas4640515 Kun.uz: Kosta-Rika hukumati mamlakat qirg‘oqlari yaqinida kimyoviy moddalar olib ketayotgan yuk kemasining cho‘kishi munosabati bilan dengiz bo‘yi hududlarida favqulodda vaziyat e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, kemada 200 tonna ammiak selitrasi bo‘lgan. Bu modda o‘g‘itlashda va portlovchi moddalar yasashda qo‘llanadi. Puntarenas shahri yaqinidagi 100 km hududda favqulodda vaziyat joriy qilingan; mutasaddi shaxslar bu yerda cho‘milish va baliq ovlash vaqtinchalik taqiqlanganligini aytmoqda. xab-4
Top