11:30 / 04.05.2015
1743

Mehnat vazirligida AQSh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Fabrika Formatovb146c9280e97ba90dfebd69a2de5cba2 Kun.uz: 2015 yilning 1 may kuni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va vazirlik rahbari Aziz Abduhakimov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Vazirlik matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada aytilishicha, uchrashuv chog‘ida Spratlen xonim vazirlikning aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha respublika miqyosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi. Vazir hukumat kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratayotganini ta'kidlab o‘tdi. Bu masalalarni hal qilish uchun har yili Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli dastur qabul qilinib, unda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Aziz Abduhakimov xalqaro hamkorlik masalalariga to‘xtalar ekan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon banki bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yilganini, BetterCottonInitiative dasturini joriy qilish borasida muzokaralar olib borilayotganini, BMT TD bilan hamkorlikda muassasani institutsional isloh qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilayotganini aytib o‘tdi. O‘z navbatida, Spratlen xonim AQSh mutaxassislari O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatayotganini, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdi. xab-2
Top