18:04 / 04.05.2015
2020

Minsk Rossiyaga eksportning kamayishi oqibatida 900 mln dollar yo‘qotganini ma'lum qildi

25044

Kun.uz: Belarus Rossiya bozoriga ishonibgina qolmasdan, o‘zining mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Mamlakat Rossiya bozorida 2015 yilning dastlabki ikki oyida 900 mln dollar yo‘qotgan. Bu haqda “Belarus 1” telekanali efirida Belarus bosh vaziri Andrey Kobyakov aytib o‘tdi.

Andrey Kobyakovning so‘zlaricha, hukumat Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Shimoliy Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan 5 mlrd dollarlik eksport darajasiga chiqish vazifasini qo‘ydi. Kobyakov hukumat Belarus mahsulotlari uchun 56 ta istiqbolli bozorni belgilab olganini ma'lum qildi. Bosh vazirning aytishicha, Belarus 2015 yilning dastlabki ikki oyida ushbu 56 ta bozorga 107 mln dollarlik mahsulot yuborgan.

Kobyakov mamlakat hukumati va Milliy banki qat'iy pul-kredit siyosatini o‘tkazishini va bu siyosat milliy valyutaning oldindan aytsa bo‘ladigan kursiga va inflyatsiyaning maqbul ko‘rsatkichlariga olib kelishini aytmoqda.

Top