19:46 / 04.05.2015
1733

Misrda besh kishi politsiyani o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga tortildi

Foto: matiastanea.gr

Kun.uz: 4 may kuni 2013 yilda Misrdagi ommaviy tartibsizliklar paytida politsiyachilarni o‘ldirishda ishtirok etgan 5 nafar kishi o‘lim jazosiga tortildi. Ishni qayta ko‘rib chiqqan Qohira sudi ularni aybdor deb topib, dorga osish orqali o‘lim jazosiga hukm qildi.

2013 yilda Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy hukumatdan chetlatilgandan keyin, Misr armiyasi va islomchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar paytida Qohira yaqinidagi Kerdas shahrida politsiya mahkamasiga hujum uyushtirilgan. Yaxshi qurollangan odamlar guruhi granatomyot va avtomatlardan politsiyaning 13 xodimi, shu jumladan, politsiya departamenti boshlig‘ini otib tashlagan.

Bu ish bo‘yicha hammasi bo‘lib 188 kishi javobgar deb topilgan. 183 kishiga nisbatan o‘lim jazosi fevralda chiqarilgan, 5 nafar kishi esa yashirinib yurgan edi. Shu sababli ishni qayta ko‘rish haqida qaror qabul qilingan edi.

Top