07:24 / 04.05.2015
1693

Nepaldagi zilzila qurbonlari soni 7240 kishiga yetdi

CEFGotcVIAAUJ1U Kun.uz: Nepalda 25 aprel kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning soni 7240 kishiga yetgani aytilmoqda. Bu haqda Nepal Ichki ishlar vaziriga asoslangan holda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda. Vazirning tasdiqlashicha, tabiiy ofat natijasida 14 122 kishi jabrlangan. Biroz oldinroq, qurbonlar soni keskin darajada ko‘payishi mumkinligi xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, Nepalda 25 aprelda ertalab 7,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Uning markazi mamlakat poytaxti Katmandudan shimoli-g‘arbiy tomon 82 kilometr uzoqlikda joylashgan, o‘chog‘i esa 15 kilometr chuqurlikda yotgan. Bir kun o‘tib, Nepalda yana bir qator aftershoklar sodir bo‘lgan, ulardan eng kuchlisining magnitudasi 6,7 ballni tashkil qilgan xab-1
Top