17:01 / 04.05.2015
1651

Nurlan Nigmatulin Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati rahbari etib qayta tayinlandi

00150

Kun.uz: Nurlan Nigmatulin yana bir bor Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati rahbari etib tayinlandi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolangan tegishli farmon Oq O‘rdaning rasmiy saytida e'lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Ostonada qayta saylangan prezidentning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi vakolatining tugashi munosabati bilan “Qozog‘iston Respublikasi hukumati to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Bosh vazirlik lavozimiga Nazarboyev Karim Masimov nomzodini taklif qildi. Majlis deputatlari bu nomzodni ma'qulladi. Shuningdek, barcha vazirlar ham o‘z o‘rinlarini saqlab qoldi.

Top