18:11 / 04.05.2015
2144

O‘rta Yer dengizidagi mashg‘ulotlar Rossiya va Xitoy ittifoqiga kuch qo‘shadi

1012332233

Kun.uz: Moskva va Pekin O‘rta Yer dengizida birgalikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mashg‘ulotlar ikkala davlatning ikki tomonlama hamkorligini mustahkamlaydi va ularning o‘zaro harakatlari sohalarini kengaytiradi, deb yozmoqda The Diplomat nashri.

Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Gen Yanshenning aytishicha, birgalikdagi mashg‘ulotlar dasturi o‘z ichiga dengizdagi harakatlarni ishlab chiqish, kemalarni qo‘riqlab kuzatib borish va dengiz transporti xavfsizligini ta'minlashni oladi. Mashg‘ulotlarga ikkala davlatning 9 ta kemasi jalb qilinadi, deb yozmoqda nashr.

“Mashg‘ulotlardan maqsad Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni chuqurlashtirish va dengizda xavfsizlik tahdidlarini qaytarishda ikkala davlatning jangovorlik qobiliyatini mustahkamlashdan iborat”, deb Xitoy vakilining so‘zlariga iqtibos keltirgan holda yozmoqda nashr.

Nashrning ta'kidlashicha, Xitoy va Rossiya 2012 yildan beri muntazam rvishda Tinch okeanida xarbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. O‘rta Yer dengizida bunday mashg‘ulotlar ilk bor o‘tkaziladi. Bu holat Xitoyning o‘z flotining dengizdagi joylashishi sarhadlarini kengaytirish istagi ortayotganidan guvohlik beradi. Pekin 2011 yilda Liviyaga va o‘tgan oy Yamanga fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun kemalar yuborib, bu yo‘lda muayyan qadamlarni amalga oshirdi.

“Rossiya va Xitoyning birgalikdagi mashg‘ulotlari Xitoy-Rossiya munosabatlarining to‘liq quvvatga chiqishi ortida yuz bermoqda. Osiyoning ikkita giganti o‘rtasidagi aloqalar bu yilda tabiiy gaz, qurol-aslaha yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash va aviatsiya, kosmik fazoni o‘zlashtirish va transchegaraviy infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirida hamkorlikni kengaytirishi bilan yanada mustahkamlanadi. Munosabatlarda sezilarli ilgarilash Xitoy raisi Si Tszinpinning Moskvaga Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligini nishonlashga kelishi bilan sodir bo‘ladi”, deb ta'kidlamoqda nashr.

Gen Yanshenning ta'kidlashicha, ushbu mashg‘ulotlar uchinchi davlatlarga qarshi qaratilgan bo‘lib, mintaqadagi vaziyat bilan umuman bog‘lanmagan.

Top