09:16 / 04.05.2015
1944

O‘zbekistonda sog‘lom ovqatlanish tashviqoti kuchaytiriladi

"O‘zbekiston ― baxtli bolalar mamlakati" seriyasidan © O‘zA O‘zbekiston hukumati 25 aprel kuni mamlakat aholisini sog‘lom ovqatlanishi sohasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Qarorga muvofiq tashkil etilgan respublika komissiyasi uch oy muddat ichida Aholining sog‘lom ovqatlanishi sohasidagi chora-tadbirlar majmuasi va konsepsiyasini ishlab chiqadi. Qarorga muvofiq, keyingi davr mobaynida aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom ovqatlanish borasida tushuntirish va tashviqot ishlari kuchaytiriladi, ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni kamaytirish uchun ta'lim dasturlari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi uchun texnik reglamentlar va milliy standartlarni ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan. Qonunchilikda belgilangan talablarga nomuvofiq va qo‘lbola oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarganlik uchun ishlab chiqaruvchilarning javobgarligi kuchaytiriladi. xab-
Top