16:53 / 04.05.2015
1683

Qatar va Fransiya Rafale qiruvchilarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

0118180

Kun.uz: Qatar va Fransiya 24 dona Rafale qiruvchi samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, shartnomaning umumiy bahosi 6.3 mlrd yevroga teng. Shartnoma Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Qatarga uyushtirgan safari doirasida imzolandi. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Fransiya bilan 36 dona Rafale qiruvchi samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma'lum qilgan edi.

Top