23:04 / 04.05.2015
2362

Qirg‘iziston Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishga tayyor

109840

Kun.uz: Qirg‘iziston Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish uchun “yo‘l xaritasi”ning barcha bandlarini bajardi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Qirg‘izistonning YeOIIga qo‘shilishi bo‘yicha barcha zaruriy asoslar tasdiqlandi. Respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar YeOII texnik reglamenti talablariga moslashtiriladi hamda erkin ravishda eksport qilinadi. YeOIIda ishtirok etish birinchi kunlardanoq mahsulotlar, kapitallar va xizmatlarning erkin tarzda harakatlanishiga va mehnat muxojirlarimizning ishga joylashishiga imkon beradi”, – deb aytdi bosh vazir.

Qirg‘iziston mamlakat ichida kelishuv ratifikatsiya qilingandan keyin YeOIIga 8 mayda kirishi kerak.

Avvalroq, Qirg‘iziston YeOIIga kirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” doirasida Rossiyadan 200 mln dollarlik moliyaviy ko‘makning birinchi transhini olishi ma'lum qilingandi.

Top