18:17 / 04.05.2015
3567

Samsung Lionel Messi ishtirokidagi “Qasoskorlar”ning zaxira otryadi haqida reklama roligini chiqardi

05984

Kun.uz: Samsung kompaniyasi Marvel kinostudiyasi bilan birgalikda bir nechta mashhur sportchilar ishtirok etgan Galaxy S6 Edge smartfoni reklama roligini yaratdi. Rolikda suratga tushgan sportchilar orasida Lionel Messi ham bor. Bu haqda SuperHeroHype yozmoqda.

To‘rt daqiqalik video “Assemble” (“Yig‘in”) degan umumiy nom ostida chiqariladigan to‘rt epizoddan birinchisi bo‘ldi. Rolikda futbolchi Lionel Messi, amerikancha futbolchi Eddi Leysi, gavayilik syorfchi Jon Jon Florens va shveysariyalik velopoygachi Fabian Kanchellara kabi mashhur sportchilar yorug‘lanuvchi sehrli jamodonlar topib olishgani haqida so‘ylanadi.

“Yig‘in”ning har bir ishtirokchisi, shu jumladan bosh qahramon – komikslar muxlisi bo‘lgan yosh bolakay o‘zining jamodonini olganda o‘zining xarakteri bo‘yicha tahlil qilinadi va Qasoskorlardan (Marvel komiksi) biriga qiyoslashtiriladi. Misol uchun, Messiga Temir odam, amerikancha futbol o‘yinchisi Leysiga Xalk roli tegadi.

Rolikning yakuniy qismida Marvel ning original filmidagi qahramonlar kabi “zaxiradagi” qasoskorlar qahvaxonada uchrashib, shaurma tayyorlaydilar. Bu qahvaxona esa ularni yerostidagi bazaga olub boruvchi ulkan lift bo‘lib chiqadi.

Videoga kadr orti matnini “Qasoskorlar” va ““Qasoskorlar: Altron erasi” filmlaridagi agent Mariya Xillning rolini ijro etgan aktrisa Kobi Smolders o‘qiydi.

Samsung smartfonlari egalari “Assemble”ning Gear VR virtual reallik ko‘zoynaklari uchun ishlab chiqilgan maxsus versiyasini ko‘chirib olishlari mumkin. Bu ko‘zoynaklar tomosha qilish paytida boshni aylantirishga imkon beradi. Samsung saytida chop etilgan lavhalarga ko‘ra, bu reklama roligining keyin epizodlarida tomoshabinlarda o‘zlarini Kapitan Amerika, Xalk, Lochinko‘z, Tor va Qora beva “tanasida” sinab ko‘rishlari imkoni paydo bo‘ladi.

Bunday mish-mishlar Galaxy S6 Edge ning e'lon qilinishigacha tarmoqda paydo bo‘lganiga qaramasdan, kompaniya Qasoskorlar rangida alohida smartfonlarni ishlab chiqarmadi va qurilmalarni reklama qilishda standart ranglardan foydalandi hamda smartfon egalariga maxsus mavzularni ko‘chirib olishni taklif etdi.

Top