15:11 / 04.05.2015
1795

Saudiya Arabistoni diniy ishlar politsiyasi "Twitter"dagi sahifasi 66 000 obunachi yig‘di

dc4e2c5affa3554bafe24d1b3130414d_M

Kun.uz: Saudiya Arabistoni diniy ishlar bo‘yicha politsiyasi “Twitter”da o‘z akkauntiga ega bo‘ldi, hamda hozirda 66000 obunachiga ega. Eng qiziqarlisi, ikki yil avval mazkur politsiya xizmati ushbu ommaviy mikrobloglar servisidan foydalanishga keskin qarshi bo‘lgan edi.

Saudiya Arabistonining Yaxshilikka ximmat qiluvchilarni rag‘batlantirish va gunoh ishlarni oldini olish komissiya tomonidan o‘tgan juma kuni “Twitter”da “PvGovSa” foydalanuvchi nomi bilan akkaunt ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Politsiyaning birinchi tviti shunday bayon qiladi: “Allohning nomi va uning roziligi bilan, “Yaxshilikka ximmat qiluvchilarni rag‘batlantirish va gunoh ishlarni oldini olish masalalari bo‘yicha Bosh prezidentlik” rasmiy akkaunti o‘z ishini boshlaydi, hamda Yaratgandan barchaga yordamchi bo‘lishini so‘rab qoladi”.

Top