09:17 / 04.05.2015
1704

Sergey Lushchan: "Bunyodkor" penaltidan gol o‘tkazish bo‘yicha chempion bo‘ladi

lushchan27 Kun.uz: Oliy Liganing 7-turida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Farg‘onaning "Neftchi" jamoasini qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yinning 25-daqiqasida Akmal Shorahmedov ishlatgan qo‘pollikdan keyin mehmonlar hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov 11 metrlik jarima nuqtasidan gol urdi va bu gol yagonaligi saqlab qolinib, "Neftchi" safardan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. 82-daqiqada esa, mezbonlar hujumchisi Vohid Shodiyev qizil kartochka olgan g‘olda maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “qaldirg‘ochlar” ustozi Sergey Lushchan qatnashdi. “Bunyodkor” penalti ishlab berish bo‘yicha jahon chempioniga aylanib bo‘ldi. Har o‘yinda shu ahvol. Orqa chiziqda xatolar ko‘payib ketdi. Raqib hujumchilarini birga-bir vaziyatga chiqarib yuborish bo‘yicha ham ularga yordam berib yuboryapmiz. “Neftchi”ni g‘alaba bilan tabriklayman, - deb gap boshladi Sergey Ivanovich. "Qizil kartochka 100 foiz bor edi. Penalti borasida e'tiroz bildirishim mumkin. Lekin men hech qachon hakamlar masalasi borasida chuqurlashmaganman va xatto muhokama qilmayman ham", deydi vaziyatlarga baho bera turib murabbiy. Undan yosh futbolchi Temur Ayupov haqidagi fikrlari so‘ralganida esa, murabbiy ba'zi ilmoqli fikrlarini bildirib o‘tgan. "U mehnatsevar futbolchi. O‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydi. Familiyasini aytmaymanu, ba'zi o‘yinchilardan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladi. U asosiy tarkibning bir qismi. Aslida uni o‘yin boshida maydonga tushirmoqchi edik. Biroq mahorati yuqori futbolchilarga ishonch bildirish to‘xtamiga kelgandik", deydi u. Qayd etish joizki, "Bunyodkor" futbolchilari 6 tur mobaynida 4 marta o‘z darvozasiga penalti belgilanishiga sababchi bo‘lgan. jamoa ayni vaqtda 12 ochko bilan turnir jadvalining yettinchi o‘rnida turibdi. xab-
Top