21:02 / 04.05.2015
2421

Sergey Trubitsin bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish sporti bo‘yicha Jahon kubogida kumush medal sovrindori bo‘ldi

554021 Kun.uz: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish sporti bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va “Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish” federatsiyasi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi. Musobaqada g‘alaba qozonish uchun 10 dan ortiq davlatlardan bahodirlar kuch sinashdi. Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining vaznlaridan bir necha barobar og‘irroq buyumlarni ko‘tarishlari, o‘rnidan qo‘zg‘atib, ma'lum masofagacha olib borishlari zarur edi.

Jahon kubogining 2-bosqichida ishtirokchilar turli vazifalarni bajarib, insonning ulkan jismoniy imkoniyatlarini namoyish etdi.

Xabar berilishicha, musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni polshalik Mateush Kiyelishkovski, 2-o‘rinni hamyurtimiz Sergey Trubitsin va 3-o‘rinni AQSh vakili Dimitar Savatinov egalladi.

xab-
Top