07:07 / 04.05.2015
5960

Sobiq Spice Girls guruhi qizlari Devid Bekxemning 40 yillik tavallud ayomidagi kechada yana yig‘ilishdi

spice-pic510-510x340-12473 Kun.uz: O‘tmishning mashhur Spice Girls nomli britan guruhi a'zolari futbolchi Devid Bekxemning 40 yillik tavallud ayomidagi kechada yana birga yig‘ilishdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Sobiq “gyorlz-bend”ning 5 ijrochisidan 4 nafari uchrashuvi guruh a'zosi Viktoriya Bekxemning turmush o‘rtog‘i Devid Bekxemning Marokashda o‘tgan 40 yillik tavallud ayomidagi kechada sodir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan suratda guruhning 4 nafar a'zosi – Mel Si, Jyeri Xolliuell, Emma Banton va Viktoriya Bekxem uy bekalari to‘g‘risidagi serialning yulduzi, aktrisa Yeva Longoriya bilan birga aks etgan.

Aktrisa Yeva Longoriya surat ostiga “Men Spice Girls’ning yangi tarkibidaman” deb yozib qo‘ydi.

Kechada sobiq guruhning yana bir a'zosi Melani Braun ishtirok etmagan. xab-2

Top