16:11 / 05.05.2015
4969

“Rosneft” prezidentining vakolati 5 yilga uzaytirildi

411440

Kun.uz: “Rosneft” kompaniyasi direktorlar kengashi prezident Igor Sechinning vakolatlarini yana 5 yilga uzaytirdi. Bu haqda kompaniya tarqatgan matbuot xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi. Sechin vakolatini uzaytirish o‘tgan oyning oxirida taklif qilingan edi. Ammo bu to‘g‘risidagi qaror kompaniya direktorlar kengashining 5 may kuni o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2015 yilning 24 mayidan Sechin prezidentlikka qayta tayinlangan hisoblanib, yana 5 yil mobaynida kompaniyani boshqaradi.

xab-3
Top