21:47 / 05.05.2015
2317

AQShda 1959 yilda qamoqdan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi

Amerikalik politsiyachilar 56 yildan beri qamoq jazosidan qochib yurgan jinoyatchini qaytadan qo‘lga olishdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ogayo shtatida yashovchi Frenk Frshuoters 1957 yilda avtomobilida odam urib o‘ldirgani uchun qamalgandi.

1959 yilda esa u qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan va shu vaqtgacha qidiruvda edi.

1975 yilda u G‘arbiy Virjiniyada qo‘lga tushgan, ammo shtatning o‘sha vaqtdagi gubernatori noma'lum sababga ko‘ra mahbusni topshirmasdan, qo‘yib yuborishga qaror qilgandi.

Top