07:22 / 05.05.2015
1919

«Arsenal» safar o‘yinida «Xall Siti»ni mag‘lub etdi

CEMJTxBVAAA_fKd Kun.uz: 4 may kuni “Arsenal” jamoasi Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Xall Siti” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘limda Aleksis Sanches dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir to‘p Remzi tomonidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limda “Xall Siti” vakili Kuinn hisobni bir oz qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘lga kiritilgan navbatdagi bu 3 ochkodan keyin "kanonirlar" turnir jadvalida 70 ochko to‘plagan holda "Manchester Siti" bilan 2 va 3-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. "Shaharliklardan" farqli ravishda "Arsenal" bitta zaxira o‘yiniga ega. Jamoa keyingi turda, 11 may kuni "Suonsi"ni qabul qiladi. "Xall Siti" - "Arsenal" - 1:3 (0:3) Gollar: Sanches, 28 (0:1). Remsi, 33 (0:2). Sanches, 45+1 (0:3). Kuinn, 56 (1:3). "Xall Siti": Xarper, Chester, Douson, Maksheyn, Al-Muxammadi, Livermor (Meyler, 46), Xaddlstoun, Kuinn (Yelavich, 81), Breydi, Aluko (Robertson, 65), N`Doyye. "Arsenal": Ospina, Belerin, Mertesaker, Koselni, Monreal, Remzi (Uilshir, 68), Kasorla, Kokelen, O‘zil, Sanches, Jiru (Uolkott, 86). Ogohlantirishlar: Livermor, 23. N`Doyye, 30. xab-
Top