08:42 / 05.05.2015
2119

Facebook o‘zida begona kontentlarni gipermurojaatlarsiz joylashtirmoqchi

mvLyDQcIPJU Kun.uz: Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook bu oydan o‘zida BuzzFeed, The New York Times, National Geographic va boshqa nashrlarning yangiliklar va videolarini o‘z sahifalarida joylashtirmoqchi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. Bu publikatsiyalarning asosiy jihati kontent Facebook'da to‘liqligicha va gipermurojaatlarsiz joylashtiriladi. Ko‘pchilik nashrlar uchun Facebook'da ularning kontentlariga gipermurojaatlar trafikning asosiy manbaiga aylangan edi. Biroq mobil qurilmalarda bunday havolalarning ochilishiga 8 soniyagacha vaqt talab etiladi va bu ko‘pchilik foydalanuvchilarning hafsalasini pir qilmoqda. Saytlarga trafikning yo‘qotilishini kompensatsiya qilish uchun Facebook OAVlar bilan reklamadan olingan daromad bilan bo‘lishishni taklif qilmoqda. Ba'zi nashrlarda ijtimoiy tarmoqlardan o‘tishlar soni 60 foizni tashkil qiladi, biroq ko‘pchilik bunday integratsiya va Facebook'dan bog‘liqlikdan xavotirlanmoqda. Yirik dunyo OAVlarida Facebook ularning statistikasiga kirib, ulardan o‘zining manfaatlari yo‘lida foydalanishi, misol uchun reklama narxini o‘zgartirishi, mumkinligi tashvish uyg‘otmoqda. xab-
Top