8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

14:08 / 05.05.2015 1321

Gvardiola "Barselona"ga qarshi 3 nafar markaziy himoyachi bilan harakatlanadi

352764

Kun.uz: “Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida “Barselona”ga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoa markaziy himoyasini kuchaytirmoqchi, deb xabar bermoqda “Marca”.

Nashr bergan xabarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis avvalo gol o‘tkazib yubormaslik haqida bosh qotirmoqda. Shu sababdan murabbiy uchrashuvda 3 nafar markaziy himoyachi taktikasida harakatlanishni rejalashtirgan. Himoyada Jyerom Boateng va Mexdi Benatia harakatlanadi. Uchinchi himoyachi sifatida Xavi Martines yoki Dante maydonga tushishi mumkin.

Ma'lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 6 may kuni Nou Kampda, javob uchrashuvi 12 may Bavariya maydonida bo‘lib o‘tadi.

xab-

Teglar

Top