22:03 / 05.05.2015
1984

Dunga Braziliya terma jamoasining Amerika-2015 o‘yinlari uchun tarkibini e'lon qildi

31110

Kun.uz: IShID terrorchi guruhi vakillari Texasdagi karikaturalar ko‘rgazmasi oldida sodir bo‘lgan otishma uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda The Daily Star nashri ma'lumot bermoqda. Kecha Texas shtatida o‘tkazilayotgan payg‘ambar Muhammadga chizilgan karikaturalar ko‘rgazmasiga ikki qurollangan kishi hujum uyushtirdi. Ularning ikkisi ham politsiya xodimlari tomonidan yo‘q qilindi. “Xalifatning ikki jangchisi Texas shtatining Garland shahridagi badiiy ko‘rgazmaga hujum uyushtirdi. Bu ko‘rgazmada Muhammad payg‘ambarning tasvirlari salbiy bo‘yoqlarda namoyish etilayotgan edi”, - deb ta'kidlangan guruh tarqatgan bayonotda. Bundan tashqari, guruh AQShda yirik qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirishini malum qildi.

Top