12:31 / 05.05.2015
4668

McDonald's franshizalarga restoranlarini sotishga kirishdi

69409

Kun.uz: McDonald's kompaniyasi o‘z restoranlarini franshizalarga sotish ishini faollashtirib, xalqaro operatsiyalar strukturasini qayti tuzish va yillik xarajatlarni 300 mln dollarga qisqartirishni rejalashtirmoqda. The Wall Street Journal gazetasida yozilishicha, shu yo‘l bilan kompaniya o‘z biznes modelini takomillashtirmoqchi. Kompaniyaning yangi bosh ijrochi direktori Stiv Isterbruk jamoatchilikni bu boradagi rejalar bilan tanishtirdi. 2018 yilga qadar kompaniya o‘ziga tegishli 36 ming restorandan 3.5 mingtasini franshizalarga sotishni rejalashtirmoqda. 2016 yilga qadar franshizalarga o‘tkazilgan restoranlar soni 1.5 mingtaga yetishi kutilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – kompaniyaga tegishli restoranlarning 90 foizini franshizalarga o‘tkazishdir (hozirlikda bu ko‘rsatkich 81 foizga teng). Isterbrukning fikricha, bu kompaniyaga barqaror va kafolatli daromad olishga yordam beradi. Bundan tashqari, McDonald's rahbari 1 iyul kuni o‘z biznesini to‘rt segment bo‘yicha restrukturizatsiya qilishga kirishadi: ichki bozor (AQSh), yetakchi xalqaro bozorlar (jumladan, Avstraliya va Buyuk Britaniya), tez o‘sib borayotgan bozorlar (Xitoy va Polsha), asosiy bozorlar. Ta'kidlanishicha, bu mamlakatlar faqat geografik tavsifga ko‘ra emas, balki umumiy dinamika va muammolarga ko‘ra ham guruhlarga birlashtirilgan.

xab-3
Top