23:28 / 05.05.2015
2532

Meyuezer Pakyao revansh o‘tkazishga rozi bo‘ldi

AQShlik bokser Floyd Meyuezer filippinlik bokschi Menni Pakyao bilan revansh o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda New York Daily News nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Meyuezer filippinlik bokschi u bilan o‘tkazgan jangiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida olgan yelkasining jarohati tuzalishini kutib turishga tayyorligini ma'lum qildi. Yaqin orada Pakyao operatsiya o‘tkazadi, shundan so‘ng 9–12 oy unga tiklanishi uchun zarur bo‘ladi. Floyd bilan Menni o‘rtasidagi ikkinchi jang 2016 yilning may yoki sentabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Pakyao o‘zining jarohati haqidagi haqiqatni Nevada shtatining Atletika komissiyasida anketadan o‘tish paytida berkitganligi uchun filippinlik bokschiga jarima ko‘rinishida yoki chetlatish bilan jazo berilishi mumkin.

Avvalroq 38 yoshli Meyuezer o‘zining oxirgi jangini bu yilning sentabr oyida o‘tkazishini, so‘ngra 66,68 kilogramm vazn toifasidagi o‘zining barcha chempionlik kamarlaridan (WBA, WBO, WBC) voz kechishini ma'lum qilgandi.

Meyuezer va Pakyao o‘rtasidagi jang 2 mayda Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi va jang hakamlarning bir ovozdagi qarori bilan ochkolar bo‘yicha AQShlik bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi. Sportchilarning gonorarlari boks tarixidagi eng katta gonararlar bo‘ldi: Meyuezer 180 mln dollar, Pakyao 120 mln dollar olgan.

Top