20:57 / 05.05.2015
2217

Oltoy o‘lkasida Rossiyaga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) chegara boshqarmasi xodimlari Oltoy o‘lkasida chegarani buzib o‘tishga harakat qilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda o‘lka prokuraturasiga asoslangan holda “Altayskaya pravda” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ular Qozog‘iston hududidan Rossiyaga noqonuniy yo‘l bilan o‘tishga harakat qilgan. Bu maqsadda ular chegarani buzib o‘tib, o‘lkaning Tabunsk tumaniga kirgan. Ammo ular tez orada chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, uyushgan guruh bilan davlat chegarasini buzganlikda ayblanganlar 6 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Top