16:08 / 05.05.2015
2382

O‘zbekiston xo‘jalik sudlarining mingdan ortiq majlislari videokonferensiya rejimida o‘tkazildi

kompyuterlar © UzDaily Hisobot davrida davlat organlari bilan elektron hamkorlik mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida soliq va statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirish to‘liq qamrab olindi, deya xabar bermoqda O‘zA. 94 mingdan ziyod (yoki umumiy miqdorning 99 foizi) bojxona yuk deklaratsiyalari hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish mexanizmini qo‘llash orqali rasmiylashtirildi. Xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqilgan elektron shakldagi da'vo arizalari va iltimosnomalar qariyb 2 barobar (2014 yilning birinchi choragidagi 9,4 mingdan 16,9 mingtaga oshgan) ko‘payib, 1 mingdan ortiq sud majlislari videokonferensiya rejimida o‘tkazildi.
Top