12:45 / 05.05.2015
2020

O‘zbekiston onalik uchun qulay mamlakatlar reytingida 118-o‘rinni egalladi

6540

Kun.uz:  Save the Children xayriya tashkiloti jahon mamlakatlarining onalik uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar bo‘yicha reytingini e'lon qildi. Reyting natijalari tashkilotning saytiga joylashtirildi. Ta'kidlanishicha, ushbu yillik reyting 16-marta tuzilishi. Reyting tuzish uchun olib borilgan tadqiqot doirasida 179 mamlakat ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Ro‘yxatning dastlabki uch pog‘onasini Norvegiya, Finlyandiya va Islandiya egalladi. Oxirgi o‘ringa esa Somali munosib ko‘rildi. Rivojlangan davlatlar ichida eng yomon natijani AQSh qayd qildi – 33-o‘rin. Shuningdek, Rossiya 56-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston joriy reytingda 118-o‘ringa munosib ko‘rildi. Qo‘shni davlatlarning ko‘rsatkichlari quyidagicha: Qozog‘iston – 58-o‘rin, Turkmaniston – 99-o‘rin, Qirg‘iziston – 107-o‘rin, Tojikiston – 127-o‘rin, Afg‘oniston – 152-o‘rin, MDH davlatlari ichida eng yuqori pog‘onani Belarus zabt etdi – 25-o‘rin. Bundan tashqari, Ukraina 69, Ozarbayjon 90, Armaniston 103-o‘rinni egalladi.

Top