09:48 / 05.05.2015
1852

Rossiya Nepaldan 36 kishini evakuatsiya qildi

pic_cd47f14488fb50521491b25eb1837166 Kun.uz: Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli An-148 samolyoti Nepal poytaxti Katmandudan Moskvaga uchdi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, uning bortida 36 kishi bor. Ular orasida, Rossiya fuqarolaridan tashqari, bir nafardan belaruslik va nepallik bor. An-148 Moskvadan 1 may kuni uchib chiqqan edi. Yo‘lda u Turkmaniston va Hindistonga qo‘nib o‘tdi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Nepaldagi tabiiy ofat oqibatida 7250 kishi halok bo‘lgan, 14 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, deb xabar beradi New Indian Express nashri. 29 aprel kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli Il-76 samolyoti Katmandudan 128 kishini olib ketgan edi: ular orasida Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Isroil, Latviya va Ukraina fuqarolari bor edi. xab-4
Top