09:43 / 05.05.2015
1954

Turkmaniston prezidenti Italiyaga tashrif buyurdi

4-3 Kun.uz: Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Italiyaga rasmiy safar uyushtirdi. Safar doirasida u Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi bilan uchrashdi. Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar berishicha, Rimdagi Kiji saroyida o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan. Istiqbolli yo‘nalishlar qatorida savdo va iqtisodiyot sohasi, sanoat sektori, transport va kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm sohalari tilga olib o‘tildi. Shuningdek, ikki davlat yetakchilari madaniy va ilmiy sohalardagi aloqalarni rivojlantirish borasida fikr almashdi. Shuningdek, ular mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra bir qator hujjatlar imzolandi. Jumladan, ikki davlat rahbarining qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Shuningdek, Berdimuhamedov Milandagi EKSPO-2015 ko‘rgazmasida Turkmaniston kunining ochilish marosimida ishtirok etdi. xab-4
Top