16:08 / 05.05.2015
5362

Xitoy: Rossiya bilan aloqalarimizdan butun dunyo namuna olsa arziydi

1008433397

Kun.uz: XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chen Gopinning ta'kidlashicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalardan butun dunyo namuna olsa arziydi. Seshanba kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligida an'anaviy Lanting forumi o‘tkazildi. Forumning bu safargi mavzusi Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bo‘ldi. Forumda Rossiyaning XXRdagi elchisi Andrey Denisov ishtirok etdi. Forumda ma'ruza qilgan Chen Gopin Ikkinchi Jahon urushi yakunlarini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan xatti-harakatlarni qoraladi. Shuningdek, u Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarga to‘xtalib o‘tdi. “Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarning asosini bloklarga qo‘shilmaslik prinsipi, qarama-qarshilikning yo‘qligi va uchinchi mamlakatlarga qarshi turmaslik prinsiplari yotadi. Mana shular asosida bizning aloqalarimiz har tomonlama hamkorlik va strategik birlik bosqichiga ko‘tarildi. Bu qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi butun dunyo namuna olsa arziydigan aloqalardir”, - deb Chen Gopin o‘z chiqishida.

uy

Top