08:29 / 06.05.2015
1358

Halokatga uchragan Airbus A320 laynerining ikkinchi uchuvchisi oxirgi reys chog‘ida pasayishni mashq qilgani aniqlandi

Fransiya Alpida qulagan Airbus A320 layneri halokatini taftish qilayotgan guruhning aniqlashicha, Germanwings kompaniyasining uchuvchisi, laynerni qasddan halokatga uchratishda gumon qilinayotgan Andreas Lyubits oxirgi reys chog‘ida pasayish manyovrini mashq qilgan. Bu haqda nemis mahalliy matbuotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Bild gazetasida yozilishicha, Fransiya aviatsion muassasasi 6 may kuni taftish natijalari aks etgan hisobotni e'lon qiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, 24 mart kuni, Dyusseldorf-Barselona reysi chog‘ida Lyubits parvoz balandligini pasaytirish manyovrlarini amaliyotda sinab ko‘rgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, aviatsion jihatdan bu manyovrga hech qanday ehtiyoj bo‘lmasa ham, Lyubits bu ishni bir necha daqiqa davomida amalga oshirgan. O‘sha kunning o‘zidayoq 27 yoshli uchuvchi komandirning kabinadan chiqishini kutib turib, ichkaridan qulflanib olgan va layner tog‘larga urilguniga qadar uni pasaytirishda davom etgan.

Top