09:10 / 06.05.2015
4342

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkentdan Minskka parvozlarni amalga oshirishni boshladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 5 may “Toshkent – Minsk – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha yangi muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.

Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Belarus poytaxtiga qatnovlar yangi A320 aerobuslarida haftada ikki marta, seshanba va payshanba kunlari bajariladi.

“O‘ziga xos nodir diqqatga sazovor joylari va tabiat yodgorliklariga boy Belarusga sayohat qilmoqchi bo‘lgan, shuningdek Minskka ish yuzasidan tashrif buyuradiganlar uchun ham yangi qatnov katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda”, - deyiladi aviakompaniya xabarida.

Top