08:25 / 06.05.2015
1468

AQSh prezidentligiga nomzod Obamani tanqid ostiga oldi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzodini ko‘rsatishini ma'lum qilgan Mayk Xakabi o‘zining dastlabki chiqishida amaldagi prezident Barak Obama ma'muriyatini tanqid ostiga oldi.
Jumladan, u noqonuniy muhojirlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Obama bu masalani hal qilish uchun maxsus amnistiya berishni taklif qilgandi, ammo Xakabi bunga qarshi. Uning fikricha, noqonuniy migratsiya muammosi chegaralarni qat'iy nazorat ostiga olish yo‘li bilan hal qilinishi lozim.
Bundan tashqari, u Eron qiyofasidagi “jihodchilik” bilan kurashishga va'da berdi. Uning fikricha, “Isroilning tinch aholisini qirish uchun raketa ishlab chiqarayotgan radikallar” bilan muzokaralar o‘tkazishning o‘zi noto‘g‘ridir.
AQSh prezidentligiga saylovlar 2016 yilning kuzida bo‘lib o‘tadi. 59 yoshli Xakabidan tashqari, respublikachilar partiyasidan saylovoldi kampaniyasida ishtirok etish niyatini uch nafar senator – Marko Rubi, Ted Kruz va Rend Pol bildirgan. Demokratlar partiyasidan nomzodlar soni esa kamroq – Hillari Klinton va senator Berni Sanders.

Top