14:52 / 06.05.2015
3112

Bepul xostinglardagi saytlar WWW.uz katalogidan chiqarib yuboriladi

WWW.uz moderatorlari bepul sayt konstruktorlarida joylashgan veb-saytlarni milliy saytlar katalogidan chiqarib yuborish masalasini ko‘rib chiqishmoqda.

Qayd etishlaricha, ucoz.ru, amiro.ru, okis.ru, setup.ru, ru.wix.com, ru.jimdo.com, nethouse.ru, a5.ru va boshqa shu kabi sayt konstruktorlarida joylashgan veb-saytlarda mazmuni shubhali bo‘lgan, sayt egalari esa bunga ta'sir qila olmaydigan reklama namoyish etiladi.

Ma'lum qilishlaricha, yaqin bir-ikki hafta ichida WWW.uz saytlar katalogining yangi qoidalari kuchga kiradi va katalogni qayta ko‘rib chiqish vaqtida bepul konstruktorlardagi saytlar katalogdan chiqarib yuboriladi.

WWW.uz vakillari bu holatda bir necha muqobil yo‘llarni taklif qilishgan: saytlarni Ziyonet tarmog‘ida, sayt-satellit ko‘rinishida bepul ochish, shuningdek, veb-studiyalar, domen registratorlaridan foydalangan holda pulga ochish mumkin.

Top