11:27 / 06.05.2015
3568

IShID AQSh hududida o‘zining 71 jangarisi borligini ma'lum qildi

IShID guruhi JustPastIt saytida yangi murojaatnomasini e'lon qildi. Unda e'tirof etilishicha, mamlakatning 15 shtati hududida terrorchi guruhning 71 nafar jangarisi joylashgan.
New York Daily News nashrida yozilishicha, murojaatnoma Texas shtatidagi karikaturalar ko‘rgazmasi tashkilotchisi Pamela Gellerga yo‘naltirilgan. Eslatib o‘tamiz, 3 may kuni payg‘ambar Muhammad karikaturalari namoyish etilayotgan bu ko‘rgazmaga uch nafar qurolli shaxs hujum uyushtirgan edi. Ular politsiya xodimlari tomonidan yo‘q qilingan.
Murojaatda IShID jangarilari joylashgan 15 shtatdan faqat 5tasining nomi keltirilgan: Virginiya, Merilend, Illinoys, Michigan va Kaliforniya.

Top