09:13 / 06.05.2015
1761

Manuel Noyyer: «Ertangi o‘yinga ishonch bilan kelmoqdamiz, avtobusni parkovka qilmaymiz”

“Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyyer Chempionlar Ligasi chorakfinalida 6 mayda bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kataloniyaga ishonch bilan kelmoqdamiz. Biz qanday o‘yinchilarga qarshi o‘ynashimizni yaxshi bilamiz. Avtobusni himoyada parkovka qilish niyatimiz yo‘q.

Afsuski, biz Germaniya kubogidan chiqib ketdik. Chempionlar ligasi mavsum oxirida muhimlik kasb etadigan yagona musobaqadir.

Ter Stegen – barcha jihatdan yaxshi darvozabon. U bizning terma jamoaga qaytadi”, deb aytdi Noyyer.

«Barselona» va «Bavariya» o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 6 mayda Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Top